Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qoraqosh qishlog‘i G‘ayrat mahallasi

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 7-12-2023, 13:23

Mening Konstitutsiyam sha'nim va qadrim himoyachisi.

Bugun maktabimizda 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Tadbir  "Mening Konstitutsiyam sha'nim va qadrim himoyachisi" shiori ostida o'tkazildi. Tadbirda maktabning 8-a va 8-b sinf o'quvchilari qatnashdilar. 8-a sinfning "Yosh adliyachilar", 8-b sinfning "Huquqshunoslar" jamoasi 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Tadbirda konstitutsiyamiz, uning yaratilish tarixi,moddalari haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Jamoalarning tadbirga mos kuy-qo'shiqlari yig'ilganlarga yuqori kayfiyat bag'ishladi. Tadbirda har ikkala jamoa ham faol qatnashdilar va bellashuv durang bilan yakunlandi. Tadbir ishtirokchilari maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qoraqosh qishlog‘i G‘ayrat mahallasi
  • +998 (97) 452-28-44
  • xonqamaktab4@inbox.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili